MDH banklari uchun

MTM Kompaniyasi haqida

Moliyaviy Texnologiyalar Markazi (MTM) – Rossiyaning axborot texnologiyalari bo‘yicha kompaniyasi bo‘lib, RF va MDH moliya bozorining ishtirokchilari uchun yechimlar provayderidir.
 
MTM bozorda 1991 yildan buyon ishlab kelmoqda. Kompaniyaning vakolatxonalari Moskvada (Marketing va savdo markazi), Novosibirskda (Bosh ishlab chiqish markazi), Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Rostov-na-Donuda, Almatida (Osiyodagi vakolatxona), Kishinyovda (Sharqiy Yevropadagi vakolatxona) joylashgan. RFning yetakchi iqtisodiy mintaqalarida MTMning 17 nafar Ishlab chiqish markazlari faoliyat yuritmoqda.
 
Kompaniyalar Guruhi xodimlarining soni 2200 nafar odamdan ko‘proqdir.
 
MTM KGning mahsulotlar to’plami bank faoliyatining barcha turlarini amalga oshirish hamda moliyaviy tashkilotlarning to‘lov bozorida ishtiroki uchun mahsulotlardan iborat.
 
MTM Rossiya bozorida faoliyat yurituvchi eng yirik Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar orasida yuqori beshlik (TOP-5) qatoriga qiradi, shuningdek, RFning «TexUspex» yuqori texnologiyali kompaniyalar reytingida yuqori o‘nlik (TOP-10) safidan o‘rin olgan.
 
RF va MDHning 500 ortiq banklari MTM dasturiy mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanadilar: RFning Jamg‘arma banki, Gazprombank, «Vozrojdeniye», «ROSSIYA» banki, «Bank Sankt-Peterburg», «Yevrofinans Mosnarbank», «Rosgosstrax Bank», «UralSib» Banki, «Petrokommers» banki, «TRAST» Milliy banki, «NOMOS Bank», «MDM Bank», «Otkritiye» Banki, «Svyaznoy Bank», «Vostochniy Ekspress Bank», «Natsionalniy rezervniy bank», «Finansovo-promishlenniy kapital» Banki, «BKS Bank», «RESO Kredit» Banki, «Nordea Bank», Standart Bank va boshqalar.
 
Kompaniya MDH davlatlari bozorida faol ishlamoqda hamda tayyor yechimlari RF hududidan tashqarida ham keng ishlatilayotgan rossiyalik ishlab chiquvchilar orasida yetakchilik qiladi.
 
MTMning MDH davlatlaridagi mijozlari:
 
Belorusiya
  • BPS-Sberbank
Qozog‘iston
  • BTA Bank
  • KaspiBank
  • Temirbank
  • VTB Qozog‘iston
  • AsiaCredit Bank
  • TAIB Qozoq Banki
  • Alyans Bank
  • Sesnabank
Qirg‘iziston
  • BTA Bank
  • «Kirgizstan» ATB
  • Zalkar Bank
  • «Kompanyon» XMK
Tojikiston
  • Tojikiston Milliy Banki
  • Tojikiston taraqqiyot banki
  • Agroinvestbank
  • Fononbank
  • Esxata Banki
Moldova
  • FinComBank S.A. (Moldova)
Ozarbayjon
  • VTB Ozarbayjon
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorusiya, Moldova va Tojikiston bozorlari uchun MTM ushbu mamlakatlarning Milliy Banklari talablariga muvofiq keluvchi MTM-Bank (Platforma 1), MTM-Riteyl bank (Platforma1), MTM-Riteyl bank (Oracle asosida), MTM-Front-ofis, MTM-MBX tizimlarining mamlakatlar bo’yicha tarqatmalarini ishlab chiqdi va rivojlantirmoqda.

MTM-Bank

Tizim haqida

MTM-Bank (Plaftorma 1) Bank axborot majmuasi banklar faoliyatini majmuaviy avtomatlashtirish uchun yechimdir.
 
MTM-Bank Dasturiy majmuasi zamonaviy bank ishining yuqori standartlariga to‘liq javob beradi hamda Rossiya va MDH davlatlaridagi eng yirik moliyaviy tashkilotlarida foydalaniladi.
 
MTM-Bank unumdorligining ko‘rsatkichlari:
  • Bir vaqtning o‘zida turli soat mintaqalaridagi 10 dan 15 000 gacha foydalanuvchilar ishlashi;
  • 10 000 000 dan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatish;
  • Bir kecha-kunduzda 8 000 000 dan ortiq hujjatlarga ishlov berish va 15 000 000 dan ortiq o‘tkazmalar;
  • 30 000 000 shaxsiy hisobraqamga xizmat ko‘rsatish.
Unumdorlikning yuqori hajmlari biznesni kengaytirish mobaynida qo‘shimcha server uskunasini ulash imkonini beruvchi tizimning samarali va ko‘lamlashtiriladigan arxitekturasi hisobiga erishiladi.
 
MTM-Bank quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bank ishining qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlaydilar:
  • Korporativ va xususiy mijozlarga mijoziy xizmat ko‘rsatish
  • Bankning moliya va qimmatli qog‘ozlar bozorlaridagi muomalalari
  • Buxgalteriya hisoboti va hisobot berish
  • Bankning ma’muriy-xo‘jalik faoliyati
  • Korporativ boshqaruv
MTM-Bank tizimi moliyaviy tashkilotlarga quyidagilarni ta’minlab beradi:
  • Tarqatishning zamonaviy kanallaridan foydalangan holda mijozlarga 24x7 tartibida xizmat ko‘rsatilishi
  • Bankning hisobga olish siyosati va ish texnologiyasiga qat’iy rioya etgan holda bank amaliyotlarining bajarilishi.
  • Bankning yagona axborot maydoni hamda bankdagi moliyaviy hujjat aylanishining yagona muhiti yaratilishi
  • Samarali boshqaruv qarorlarning qabul qilinishi

Joriy etish bo‘yicha yondashuvlar

 
Yangi axborot platformasini sanoatda foydalanish uchun tezkor ishga tushirish – MTM texnologik yechimlarining bozordagi eng muhim ustunliklaridandir.
 
Turli ko‘lamlar va ixtisoslashuvlardagi banklarda joriy etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba MTMga tizimni o‘rnatish va sanoatda foydalanish uchun uni ishga tushirishning samarali uslubiyatini ishlab chiqishga imkon berdi.
 
Joriy etish loyihasi bosqichlari:
  • Bankning biznes ehtiyojlarini tekshirish va joriy etish rejasini ishlab chiqish;
  • Dasturiy ta’minotni o‘rnatish va sozlash;
  • Bank tomonidan avval foydalanilgan tizimlardan ma’lumotlarni o‘tkazish;
  • Ma’lumotlar yaxlitligini tekshirish;
  • Bank hududida nazorat kuzatuvi;
  • Masofaviy kirishning himoyalangan kanali bo‘ylab kuzatuv;
  • Mahsulotni bank ehtiyojlariga moslashtirish (mahalliy va mintaqaviy to‘ldirmalarni amalga oshirish);
  • Interfeyslarni ishlab chiqish va bank tomonidan foydalaniladigan tashqi tizimlar bilan birlashtirish.
Dasturiy mahsulotlarni joriy etish MTM mutaxassislari, sertifikatlangan sheriklarning loyihaviy jamoalari yoki maxsus o‘qitishdan so‘ng bankning IT-jamoalari kuchlari bilan amalga oshirilishi mumkin.
 
Joriy etish loyihasida bank mutaxassislarining ishtiroki darajasiga qarab MTM quyidagi joriy qilish variantlarini taklif etadi:
 
  • Bank va MTM qo‘shma loyihaviy jamoasi tomonidan joriy qilish
  1. Tizim Bank va MTM mutaxassislaridan tarkib topgan qo‘shma Loyihaviy jamoa tomonidan ishga tushiriladi. Loyihaviy jamoa ishtirokchilari ham Bank hududida, ham masofaviy tartibda ishlashlari mumkin.
  2. Loyiha subloyihalar to‘plamidan iborat – «bitta Mahsulot bitta subloyiha».
  3. Har bir subloyiha Bank uchun muayyan biznes natijaga qaratilgan hamda ishga tushirishning belgilangan sanasi va mahsulot parametrlariga ega.
  4. Loyihani boshqarish:
    4.1 Loyiha Direktori Bank uchun kerakli bo‘lgan barcha Mahsulotlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha javob beruvchi MTM tomonidan tayinlangan Loyiha rahbari.

    4.2 Subloyiha sherik direktori – muayyan moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish bo‘yicha Bank tomonidan tayinlangan subloyiha rahbari, tegishli Mahsulotni Bankda ishga tushirish parametrlari va sanasini belgilash bo‘yicha javob beradi. Odatda, bu Bankning biznes yo‘nalishi rahbari bo‘lib, u jalb etish, joylashtirish, mijozlar soni, marja va h.k. hajmlarida ifoda etilgan biznes rejalarga ega.

    4.3 Subloyiha muvofiqlashtiruvchisi – muayyan Moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish bo‘yicha MTM tomonidan tayinlangan subloyiha rahbari, tegishli Moliyaviy Mahsulotning o‘z vaqtida ishga tushirilishiga javob beradi. Moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish bo‘yicha MTM Loyihaviy guruhi mutaxassislarining ishini muvofiqlashtiradi.
  5. Moliyaviy Mahsulotni ishga tushirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
    • tekshirish,
    • sozlash ishlari,
    • o‘tkazish,
    • Mahsulotni Bankning o‘ziga xos talablariga integratsiyalash va moslashtirish,
    • qabul qilish – topshirish sinovlari,
    • o‘tish va nazorat kuzatuvi,
    • oyni yakunlash.
  6. Loyiha amalga oshirilishi ustidan haftalik nazorat.
Har bir subloyiha amalga oshirilishi davomida, har haftada, MTM tomonidan Loyiha Direktori va Bank tomonidan subloyiha sherik direktori o‘tgan hafta mobaynidagi ishlar natijalarini qayd etadilar va keyingi hafta uchun ishlar rejasini (Mahsulotni ishga tushirishning ustuvor vazifalariga muvofiq ravishda) tasdiqlaydilar.
 
  • Bank mutaxassislari tomonidan joriy etish
  1. Tizimning ishga tushirilishi Bank Loyihaviy jamoasi kuchi bilan amalga oshiriladi. Ushbu yechim Mahsulotlarni joriy etish bo‘yicha andazaviy ishlarni bajarish borasidagi Bankning sarf-harajatlarini qisqartirishga imkon beradi.
  2. Bankka Tizimni joriy etish Uslubi taqdim etiladi, unda joriy etishning batafsil rejasi hamda Loyihaning har bir bosqichi, Loyiha jamoasini va Apparat-Dasturiy Majmuani shakllantirishdan tortib, Mahsulotlar sanoatda foydalanish uchun ishga tushirilganidan so‘ng MTM kuzatib borish xizmatiga ulanishgacha, amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar kiritilgan.
  3. Loyihaning joriy etish samaradorligini oshirish hamda initsiatsiya va boshlash bosqichini tezlashtirish maqsadida MTM Bankning Loyihaviy jamoasi uchun Tizim bilan ishlash bo‘yicha masofaviy o‘qitishni va Bankning IT-jamoasi uchun joriy etish Uslubi bo‘yicha qatnab o‘qishni uyushtirishni taklif qiladi.
  4. Zaruriy maslahat ko‘magini ta’minlash uchun MTM tomonidan Loyiha bo‘yicha ishlarni bajarish muddatiga Muvofiqlashtiruvchi tayinlanadi.
  5. MTM Loyiha bo‘yicha asosiy materiallarni joylashtirish uchun Loyiha Portalini taqdim etadi. Portalga kirish huquqi kelishilgan shaxslar doirasiga beriladi.
  6. Muayyan vazifalarni bajarish uchun MTM tomonidan tayinlangan Loyiha Muvofiqlashtiruvchisiga oldindan yuborilgan ariza bo‘yicha sertifikatlangan mutaxassislarni jalb etish mumkin. To‘lov bajarilgan ishlar hajmiga qarab amalga oshiriladi.
  7. Mahsulotlar sanoatda foydalanish uchun ishga turishirilganidan va Tizim sxemasi amaldagi nusxasiga ko‘chirilganidan so‘ng MTM Bank sxemasi auditini o‘tkazadi hamda Bankni kuzatuv xizmatiga ulaydi.
  8. Mahsulotlarni kelishilgan muddatlarda ishga tushirish haqidagi Taraflar maqsadlarini tasdiqlash uchun Tizim Mahsulotlarini mustaqil ishga tushirish haqidagi Shartnoma tuziladi.
 
Tizimni ishga tushirish bo‘yicha xizmatlar
  • O‘qitish
  • OS, MBBT, Platformani o‘rnatish
  • Boshlang‘ich ma’lumotlar sifatini baholash
  • Mahsulotlar/Dasturlarni ishga tushirish
  • Dasturlar integratsiyasi
  • Mahsulotlar/Dasturlarni yangilash
  • Sinov kunlari
  • Yuklovchi sinov
  • Nazorat kuzatuvi
  • Majburiy hisobotni shakllantrish bo‘yicha maslahatlar
  • Oyni yopish bo‘yicha maslahatlar

MTM-Front-ofis

MTM–Front-ofis – yuridik va jismoniy shaxslarga kredit mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha biznes jarayonlarni texnologik qo‘llab-quvvatlash uchun dasturiy yechim: kredit buyurtmalarini qabul qilish va ko‘rib chiqish, kredit bitimlarini tuzish va kuzatish.
 
MTM-Front-ofis kredit buyurtmalarini ishlash bo‘yicha samarali IT-vosita.
 
MTM-Front-ofis har qanday kredit tashkilotiga to‘g‘ri keladi, chunki jarayonni sozlash va moslashtirishning qayishqoq mexanizmiga ega: arizalar shakllari, arizalarni tekshirish jarayoni, hujjatlar andazalari. Yechim har qanday ABT bilan integrallashadi.
 
MTMFront-ofis Dasturlar Majmuasi Bank kredit biznesining quyidagi kabi yo‘nalishlari avtomatlashuvini ta’minlaydi:
  • Avtokreditlash
  • Ko‘chmas mulk uchun kreditlar
  • Kichik va o‘rta biznes uchun kreditlar
  • Ekspress-kreditlash
 
MTM Front-ofis Dasturlari majmuasining umumiy funksional imkoniyatlari:
  • Kredit olish uchun buyurtmani ishlash bosqichlarini sozlash;
  • Kredit hisoblagich;
  • Buyurtmani ko'rib chiqilish tarixini saqlash;
  • Kredit mahsulotlari shartlarini qayishqoq sozlash;
  • Kreditning to‘liq qiymatini hisoblash;
  • To‘ldirish shart bo‘lgan maydonlarni sozlash;
  • Kreditni berish uchun anketa-ariza shaklini sozlash;
  • Hujjatlarni skanerdan o‘tkazish va tizimda saqlash;
  • Fayllar va tasvirlar bilan ishlash;
  • Hujjatlar to‘plamini bosib chiqarish;
  • Mijozni stop-listlar bo‘yicha tekshirish (qora ro‘yxatlar, vaqti o‘tib ketgan qarzi bor/salbiy kredit tarixiga ega mijozlar ro‘yxati, skoring bo‘yicha rad javobini olgan mijozlar ro‘yxati);
  • Kuchga ega bo‘lmagan guvohnomalar nazorati;
  • Shartnomalarni, hisobraqamlarini va h.k. ochish uchun kerakli bo‘lgan axborotni saqlash va hisobga olish tizimiga uzatish ;
  • Mijozning anketa ma’lumotlarini o‘zgartirish bo‘yicha arizani kiritish va ishlash;
  • Ta’minotni ro‘yxatdan o‘tkazish;
  • Kredit berilishi amalga oshirilayotgan hisobraqamini avtomat ravishda bog‘lab qo‘yish kiritilgan masofaviy bank xizmati bo‘yicha shartnomalarni ochish;
  • Sug‘urtalash haqidagi ma’lumotni qayd etish (agar sug‘urtalash kredit mahsuloti shartlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa);
  • Kelgusida mijozning to‘lov salohiyatini tahlil qilish uchun tashkilotning moliyaviy ma’lumotlarini qayd etish (buxgalteriya va boshqaruv hisoboti);
  • Tezkor hisobotni olish.
 

Bo‘lg‘usi qarzdorlarni tekshirish uchun funksionallik

Bo‘lg‘usi qarzdor haqida uning to‘lov salohiyatini baholash maqsadida ishonchli ma’lumot olish kreditlash jarayoning ajralmas qismidir. MTM-Front-ofis Bankka qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirish tizimini avtomatlashtirish hamda uning kredit salohiyatini hisoblab chiqish imkonini beradi.
 
  • Kredit buyurtmasini tekshirish
Dastur turli yo‘nalishlar bo‘yicha kredit buyurtmasining tekshirilishini tashkillashtirish imkonini beradi, misol uchun, xavfsizlik xizmati, anderrayting va boshqalar.
 
Funksional yordamida quyidagilarni bajarish mumkin:
  • Quyidagilarga bog‘liq holda kredit buyurtmasi tekshiruvini o‘tkazish uchun topshiriqlarni shakllantirish:
    • Arizani ishlash bosqichi
    • Kredit mahsuloti
    • Buyurtmada mijoz o‘rni va ta’minot turi
    • Kreditlash summasi
    • Kreditlash turi va muddati hamda boshqa ko‘rsatgichlar
  • Tashqi skoring tizimidan kelgan javob bo‘yicha tekshirishni o‘tkazish uchun topshiriqlarni shakllantirish
  • Har bir tekshirish bo‘yicha xulosalarni qayd etish va ular asosida buyurtmani ishlashning keyingi jarayonini shakllantirish
  • Ekspert xulosasi natijasiga qarab buyurtmaning keyingi ko‘rib chiqilishini to‘xtatib qo’yish
  • Avval olingan ekspert xulosalari natijalaridan keyingi buyurtma uchun tekshiruvni o‘tkazishda foydalanish
     
Bank uchun afzalliklar:
  • Bankning ham bosh idorasi, ham uning mintaqaviy bo‘linmalariga kelib tushadigan buyurtmalarni markazlashtirilgan ravishda ishlash uchun yagona ma’lumotlar bazasining yaratilishi;
  • Yangi tushayotgan buyurtmalarni ishlashda ushbu ma’lumotlardan foydalanish uchun, topshirilgan buyurtmalar va ular tekshiruvining natijalari bo‘yicha yagona arxivning yaratilishi.
  • Qarz oluvchilarning anketalarini tahlil etish jarayonida xatarlar tahlili bo‘limidagi xodimlar ishining umumlashtirilgan nazorati bank xavfsizlik xizmati tomonidan ta’minlanishi.
 
  • NBSM professional skoring tizimi bilan integrallashuv
MTM-Front-ofisning New Business Strategy Manager (NBSM) professional skoring tizimi bilan integrallashuvi hisobiga Bank har bir qarz oluvchi bo‘yicha iloji boricha to‘liq tasavvurni hosil qilish, qabul qilinayotgan qarorlar sifatini oshirishga, demak-ki kredit portfelining ham, kredit va amaliy xatarlar darajasini pasaytirish imkoniga ega bo‘ladi.
 
NBSM tizimidan kelib tushayotgan ma’lumotlar Bank kreditni rasmiylashtirishi paytida unga xatarlarni to‘g‘ri baholash, tezkor qarorlarni qabul qilish va har bir muayyan mijoz bilan ishlashdan keladigan bo‘lg‘usi mahsuldorlikni to‘g‘ri aniqlash imkonini beradi.
 
MTM-Front-ofisning NBSM tizimi bilan integrallashuvi qarz oluvchilarni baholashning ekspertlik modelidan statistika ma’lumotlariga asoslangan ehtimoliy-statistika modeliga o‘tishga imkon beradi.
 
  • KTBdan axborot olish
MTM-Front-ofisda eng yirik milliy KTBlar - KTMB, «Ekvifaks Kredit Servisiz» va «Eksperian-Interfaks»dan ma’lumotlar olish imkoniyati amalga oshirilgan.
 
Bankning KTB bilan o‘zaro aloqasi bo‘lg‘usi qarz oluvchining kredit tarixi haqidagi to‘liq va ishonchli hisobot tezkor ravishda olinishini ta’minlaydi.
 
Bank uchun imkoniyatlar:
  • Bo‘lg‘usi qarz oluvchi haqida KTBga so‘rov talablarini shakllantirish va olingan hisobotni ishlash
  • Bankning bo‘lg‘usi qarz oluvchilari bo‘yicha kredit hisobotlarini olish
  • Mijozlar va kredit tarixlari haqida axborot to‘plash va saqlash
  • Bankning ham amaldagi, ham bo‘lg‘usi mijozlarining kredit tarixlari bo‘yicha maxlumotlar bazasini yuritish.
KTB bilan o‘zaro aloqa uchun Dasturlardan foydalanish Bank o‘z ishini qonunchilikning barcha talablariga to‘liq muvofiqlashtirilgan holda tashkillashtirishiga hamda chakana va korporativ kreditlash xatarlarini kamaytirishiga imkon beradi.
 

Hujjat aylanishini qo‘llab-quvvatlash

  • Hujjatlar logistikasi
Hujjat aylanishini texnologik qo‘llab-quvvatlash qismida mijozga bank kredit mahsulotini taqdim etish jarayonida rasmiylashtirilgan qog‘oz hujjatlarni qabul qilish, tekshirish, saqlashga topshirish va arxivda izlash uchun javobgar bo‘lgan nazoratchilar ishini MTM–Front-ofis avtomatlashtiradi. Bu Bank xodimlari mijozlarning qog‘oz hujjatlari bilan ishlashi samaradorligini salmoqli ravishda oshirishga, ish yuritish oqimlarini ochiqroq qilishga imkon beradi.
 
MTMFront-ofisda quyidagi amaliyotlar bajarilishi amalga oshirilgan:
  • Savdo punktlaridan kelib tushgan hujjatlar to‘plamlarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi va to‘liqligi haqidagi ma’lumotni tizimga kiritish
  • Hujjatlarning qog‘oz nusxasiga alohida xos shtrix-kodni tushirish
  • Hujjatlarni shtrix-kod bo‘yicha izlash
  • Mijozning elektron shaxsiy ishini yaratish
  • Mijoz elektron shaxsiy ishining marshrutlantirilishi, u bankning ish yuritish oqimida mijoz shaxsiy ishining qog‘oz nusxasi harakatini aks ettiradi.
 

Tizim DT

Front-ofis ishini tashkillashtirish uchun kerakli barcha dasturiy ta’minot bankning apparat vositalarida joylashtiriladi.
 
Bank MTM-Front-ofis tizimidan keng qamrovli Dastur sifatida foydalanishi varianti mavjud. Ushbu holatda tizim MTM kompaniyasining apparat vositalarida joylashtiriladi va kredit tashkilotiga autsorsing shartlari asosida taqdim etiladi.
 
Bank hududida joylashgan front-ofis bo‘linmasi mutaxassislari tizimga kirishlari uchun «MTM-Navigator» foydalanuvchining universal ish joyi qo‘llaniladi.

ЦФТ-Страхование

-

MTM-MBX

MTM MDH mamlakatlarining Banklari va moliyaviy tashkilotlariga hisobraqamlarini masofaviy boshqarish bo‘yicha zamonaviy elektron bank mahsuloti – “MTM-MBX”dan foydalanish orqali mavjud mijozlar sodiqligini oshirish va yangilarini jalb qilish, shuningdek asosiy bank amaliyotlarini bajarish uchun sarf-harajatlarni kamaytirishning samarali vositasini taklif etadi.
 
«MTM-MBX» 2000 yildan boshlab texnologik autsorsing tamoyillari asosida Rossiya Bank tizimi ishtirokchilariga internet va mobil banking xizmatlarini ko‘rsatuvchi MTM – Faktura.ru protsessing markazining eng yaxshi tajribalarini o‘z ichiga olgan. Bugungi kunda Faktura.ru brend nomi ostidagi MBXdan Rossiyaning 130 nafar shaharidagi 300ta bank va ularning bo‘linmalari samarali ravishda foydalanadilar.
 
Hozirda «MTM-MBX» muvaffaqiyatli ravishda MDH hududida «Kirgizstan» ATB va «Agroinvestbank» TB (Tojikiston) kabi banklarda ishlatiladi, yana bir qator loyihalar joriy etish bosqichida. Rossiya Federatsiyasida yechim muvaffaqiyatli ravishda Rossiya Jamg‘arma bankining G‘arbiy Ural, G‘arbiy Sibir, Shimoli- G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy, Ural va Sibir banklari ishida qo‘llaniladi.
 
Masofaviy bank xizmati tizimini qo‘llashdan bankning asosiy foydalari:
  • Kamida o‘n yilga mo‘ljallangan yuqori foydalanish xususiyatlari;
  • Bankning nou-xausini saqlash sharti bilan andazaviy jarayonlar va mahsulotlarni joriy etish;
  • Harakatchanlik va mahsuldorlikning yuqori darajasiga ega ko‘lamlashtiriladigan yechimni ta’minlash;
  • Zamonaviy platformadagi integrallashtirilgan yechimni ta’minlash;
  • Yechimni sifatli qo‘llab-quvvatlash hamda markazlashtirilgan kuzatuvga qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish vazifalarini o‘tkazish imkonini ta’minlash;
  • Bank biznesi rivojiga mablag‘ va manbalarni investitsiya qilish.
 

MTM-MBX bu

Internet tarmog‘i orqali Bank mijozlariga qulay va ishonchli bank xizmatini ta’minlovchi to‘liq funksiyali tirajlashtiriluvchi yechim.
 
Yechim elektron hujjatlarning markazlashtirilgan protsessingi tamoyillari asosida qurilgan. Tizim Sizning bankingizda ochilgan barcha hisobraqamlari haqida ma’lumotlarni yagona tizimda birlashtirish imkonini ta’minlaydi. Shu tariqa, mijozlar o‘zlarining moliyaviy manbalari haqidagi axborotni yagona interfeys va “yagona oyna” orqali olishlari ta’minlanadi.
 
«MTM-MBX» ofislarni ijaraga olish va jihozlash (qimmatga tushadigan bo‘linmalar tarmog‘ini rivojlantirish ham shunga kiradi), xodimlar maoshini to‘lash va boshqa bankning ma’muriy sarf-harajatlarni qisqartirish evaziga chakana amaliyotlar bajarishning tannarxini xizmat ko‘rsatishning an’anaviy usullariga nisbatan o‘nlab barobar kamaytirish imkonini beradi.
 
«MTM-MBX» texnologik majmuasini qo‘llagan holda, bank korporativ va chakana mijozlariga o‘z hisobraqamlarini masofaviy boshqarish sohasida ularning ehtiyojlarini qondiruvchi eng zamonaviy elektron bank mahsulotlaridan foydalanishni taklif etish imkoniyatiga ega.
 
Tizimlarni ishlab chiqish, joriy etish va moslashtirish borasidagi ko‘p yillik tajriba MTMga taklif etilayotgan tizimni joriy qilish bo‘yicha ishlarning butun majmuasini, uslubiy, tashkiliy va dasturiy ta’minotni qamrab olgan holda, to‘laqonli bajarish, shuningdek foydalanuvchilarni o‘qitish va kelgusi kuzatuvni olib borish imkonini beradi.
 
«MTM-MBX» tizimini o‘rnatish bankning Avtomatlashtirilgan Bank Tizimi, kartochkalar protsessinglari va 1C buxgalterlik dasturi bilan iloji boricha yaqinroq integrallashuvni; ma’lumotlarni aloqaning himoyalangan kanallariga uzatishni, axborot xavfsizligi choralarini ta’minlashni; malakali texnologik madadni taqozo qiladi.
 
Bank tayyor tizim va texnologiyani oladi, ular tez o‘rnatiladi va oson ko‘lamlashtiriladi, uning mijozlari esa Internet orqali bankdagi hisobraqamini masofaviy boshqarish uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
 
Tizimning asosiy vazifalari
  • ERI (Elektron raqamli imzo)ni avtomat ravishda berish;
  • ERI sertifikati muddatini uzaytirish;
  • MBX tizimida shartnomalarni avtomat ravishda ro‘yxatga olish;
  • Mijozlarga hisobraqami holati haqida axborot taqdim etish;
  • Muayyan vaqt bo‘yicha mijozlarga hisobraqamlari bo’yicha ko‘chirmalar taqdim etish;
  • Mijozlardan hisobraqami bo‘yicha solishtirish va qoldiqni tasdiqlash borasida so‘rov talabi;
  • To‘lov topshiriqnomalarini mijozlardan qabul qilish va ishlash;
  • Valuta mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha topshiriqnomalarni mijozdan qabul qilish va ishlash;
  • Valuta mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha arizalarni mijozlardan qabul qilish va ishlash;
  • Valuta o‘tkazmasini konversiya bilan yuborish;
  • Valuta mablag‘larining tranzit hisobraqamiga o‘tkazilishi haqida mijozlarga avtomat ravishda xabarnomalar yuborish;
  • Norezidentdan kelib tushgan milliy valutaning hisobraqamiga o‘tkazilishi haqidagi xabarnomani mijozlarga yuborish;
  • Tranzit hisobraqamidagi mablag‘larni hisobraqamdan chiqarish bo‘yicha arizalarni mijozlardan qabul qilish va ishlash;
  • Maosh loyihalari bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlash: mijozning maosh bo‘yicha shartnomalari haqidagi axborotni bir-biriga moslashtirish, MBX tizimida avtomat ravishda ro‘yxatga olish, reyestrni hisobraqamlari ochilishi bo‘yicha ishlash, reyestrni o‘tkazilish bo‘yicha ishlash;
  • Bank tariflari bo‘yicha foizlar yechish;
  • “Xatarli” to‘lovlarni nazorat qilish va tasdiqlash imkoniyati.
 
Ochiq-oydin afzalliklar
 
Uzluksizlik
«MTM-MBX» katta miqdordagi foydalanuvchilarga kechayu-kunduz xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan hamda bir kecha-kunduzda 24 soat, haftasiga 7 kun, yiliga 365 kun davomida uzluksiz ishlashni ta’minlaydi.
 
Hammaboplik
Yechim yirik infratuzilmalarni boshqarish, foydalanuvchilarning turli gruhlariga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi, shu tariqa, bank mijozlarining hamma toifalari: xususiy va korporativ, tayanch xizmatlar iste’molchilari va eng yuqori talablarga ega mijozlar, «MTM-MBX» xizmatlarida barcha kerakli funksionallarni topishlari mumkin.
 
Tejamkorlik
«MTM-MBX» - bu maksimal soddalik va funksionallik holatida bank xizmatlaridan masofaviy foydalanishning minimal qiymati. «MTM-MBX» bilan jismoniy shaxs har qanday bank amaliyotidan doimo va Internet mavjud hamma yerda foydalana oladi.
 
Foydalanish osonligi
«MTM-MBX»da foydalanuvchi interfeysi axborot texnologiyalari haqida minimal bilimga ega va bank amaliyotini bajarish tafsilotlari haqidagi xabardorligi yuqori bo‘lmagan foydalanuvchilar ishlashi uchun moslashtirilgan. Internetda ishlash bo‘yicha umumiy ko‘nikmalar yetarli, hech qanday qo‘shimcha dasturlar yoki tashqi litsenziyalar talab etilmaydi[1].
 
Noyoblik
Bank mavjud xizmatlar paketini bozorda muqobili yo‘q noyob va xususiy xizmatlar bilan kengaytirishi mumkin. Bank xizmatlarni «harakatchan rusumda» taqdim etish imkoniyatiga ega – bozor konyunkturasiga tezkor javob berish, mijozlarning dolzarb ehtiyojlari bilan muvofiq ravishda funksional imkoniyatlarning kerakli ro‘yxatini shakllantirish.
 
Ko‘lamlashtirilish
«MTM-MBX» turli kirish kanallari bo‘yicha masofaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi qator subtizimlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Yechimning barcha subtizimlari ham alohida, ham majmuaviy ravishda yagona axborot muhitida ishlaydi. Subtizimlar umumiy negiz – markaziy ma’lumotlar bazasi va «MTM-MBX» yagona serveri yordamida integrallashgan.
Ma’lumotlar ishlashning ko‘pfoydalanuvchili va ko‘poqimli modeli tizimni cheklanmagan ravishda ko‘lamlashtirish imkonini beradi.
 
Sir saqlanishi
Axborot sir saqlanishini ta’minlash uchun «MTM-MBX»da texnologik choralarning to‘liq majmuasi qo‘llaniladi, shu jumladan, axborotni kriptografik himoyalash tizimlari, opsional ravishda AKHV (Axborotni kriptografik himoyalash vositalari) orqali qo‘shimcha avtorizatsiya ham nazarda tutilgan, ulanish himoyasi SSL (Secure Socket Layer) protokoli yordamida ta’minlanadi.
 
Axborot xavfsizligi va himoyasi
 
Kuchli platforma
«MTM-MBX» yirik sanoat yechimlarini yaratish uchun mo‘ljallangan Unix Operatsion Tizimi negizida ishlaydi. U yuqori darajadagi axborot xavfsizligi tizimini tadbiq etish uchun barcha kerakli vositalarga ega, qayishqoq va radga turg‘un yechimlarni yaratish imkonini beradi. «MTM-MBX» tizimida bank va mijoz o‘rtasida hujjat aylanishini tashkillashtirish uchun barcha kerakli texnologik va yuridik unsurlar mavjudligi ta’minlangan.
 
Elektron-raqamli imzo
Mijozning shaxsiy dastxat imzosiga muqobil imzo sifatida PKCS xalqaro standartlariga muvofiq keladigan X.509 v3 formatidagi raqamli sertifikatlarni qo‘llab-quvvatlovchi elektron-raqamli imzo (ERI) ishlatilishi ko‘zda tutilgandir. Elektron-raqamli imzo, ERI XML Signature standarti negizida amalga oshirilgan bo‘lib, sertifikat amal qilish muddati uning yaratilish vaqtidan boshlab bir yilni tashkil qiladi.
 
MTM-MBXni yetkazib berish to‘plamiga foydalanuvchilarga berilgan Raqamli sertifikatlarni yuzaga keltirish va nazorat qilish uchun ishlatiladigan Raqamli Sertifikatlarni Tasdiqlash Markazi kiritilishi mumkin.
 
Xatar nazorati tizimi
Bank quyidagi nazorat mezonlarini sozlash imkoniyatiga ega: berilgan amaliyot summasining oshib ketishi, muayyan foydalanuvchi uchun amaliyot bajarilayotgan yangi IP-manzil, muayyan foydalanuvchi uchun ishonchli IP-manzillar ro‘yxati, to‘lov uning foydasiga amalga oshirilayotgan yangi kontragentni qo‘shish, amaliyotlar summasining bir kecha-kunduzdagi limiti oshib ketishi, oluvchini “qora ro‘yxat” bo‘yicha nazorat qilish.
 
Band solingan to‘lovlar qo‘shimcha tekshiruvdan so‘ng bank xodimi tomonidan keyingi ishlov berishga yuborilishi mumkin.
 
Ko‘pfaktorli autentifikatlash
Kanal himoyasi uchun sessiya kaliti uzunligi 128-bit bo‘lgan SSL protokoli ikki tomonlama autentifikatsiya rejimida qo‘llaniladi. Qo‘shimcha ravishda, Internet-bankka kirish vaqtida foydalanuvchi nafaqat SSL darajasida autentifikatsiyadan o‘tadi, balki imzolangan ERI XML-hujjat yordamida ham.
 
Auditning yagona tizimi
Auditning yagona tizimi jarayon ishtirokchilarining barcha harakatlarini markazlashgan ravishda qayd etish imkonini beradi mijoz tashkilotlar xodimlaridan tortib, bank va uning bo‘linmalari boshqaruvchilarigacha. Natijada, barcha muhim harakatlar (kirish, hujjatlarni tayyorlash va jo‘natish, aloqa uchun ma’lumotlarni o‘zgartirish, bank xodimi uchun mijoz shaxsiy ishining o‘zgartirilishi, huquqlarni sozlash va hokazo) jurnallashtiriladi va ERI bilan imzolangan alohida hujjatlar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
 
O‘z navbatida mijozga faqatgina alohida rekvizitlarni (pochta manzili, aloqa uchun ma’lumotlar) o‘zgartirish imkoniyati berilgan. Muhim rekvizitlarni o‘zgartirish uchun tasdiqlatilgan hujjatlarni bankka topshirish lozim bo‘ladi, shu jumladan, tizim vositalarida elektron shaklda ham.
 
Himoyaning apparat vositalari
Bank va mijoz o‘rtasida to‘laqonli himoyalangan elektron hujjat aylanishini tashkillashtirish uchun, mijozning elektron-raqamli imzolaridan suiqasdchilar foydalanishini blokirovka qiluvchi vositalar sifatida ERI kalitlarini himoyalashning apparat vositalari (USB-kalitlar) qo‘llaniladi, ulardan axborot o‘qish mumkin emas.
 
Qo‘shimcha xafsizlik mexanizmlari
Mijoz himoyaning apparat vositalarini ko‘llab-quvvatlamaydigan moslamalarda saqlanadigan kalitlardan foydalangan taqdirda tizimga ruxsat etilmagan kirishdan saqlanish uchun qo‘shimcha xavfsizlik mexanizmlari ko‘zda tutilgan, misol uchun, Internet-bankka kirishlar jurnalining foydalanuvchi tomonidan vizual nazorati, belgilangan mezonlar bo‘yicha shubhali to‘lovlarni aniqlash va blokirovka qilish imkoniyatini beruvchi nazorat tizimi.
 

Bank mijozlari uchun imkoniyatlar

Jismoniy shaxslar uchun Internet-bank
 
Xizmat mijozga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
  • O‘z hisobraqami holatini nazorat qilish: hisobraqami/kartochkadagi mablag‘lar qoldig‘i, hisobraqam bo‘yicha ko‘chirma olish;
  • Turli to‘lov vositalari o‘rtasida mablag‘larni qayta taqsimlash;
  • Ixtiyoriy rekvizitlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish, jumladan budjetga oidlarni ham, to‘lovlarni tayyorlashda turli ma’lumotnomalardan foydalanish imkoniyati bilan;
  • Andaza bo‘yicha hamda avval bajarilgan hujjatlardan nusxa olish amaliyoti yordamida to‘lovlarni shakllantirish;
  • Valuta o‘tkazmalari va konversiyali amaliyotlarni amalga oshirish;
  • Hisobraqamlaridagi harakatlar, hisobraqamidagi mablag‘lar qoldig‘i, hujjat holati, bankdan hujjatlar kelishi haqida e-pochta orqali xabarnomalar kelishini sozlash va olish;
  • Masofaviy ravishda, bankka tashrifsiz, ERI sertifikatini yangilash;
  • Hisobraqamidan foydalanish uchun o‘z shaxsiy kompyuterini ishlatish;
  • Tizimda bajarilayotgan amaliyotlar (kirishlar, to‘lovlar yuborilishi) haqida E-pochta orqali xabarnomalar kelishini sozlash va olish;
  • Xavfsizlik vositalari siftida ERI sertifikatlaridan foydalanish.
     
Yuridik shaxslar uchun Internet-bank
 
Xizmat mijozga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
  • Hisobraqamlari holatini nazorat qilish: hisobraqamlaridagi mablag‘lar qoldig‘i, hisobraqam bo‘yicha ko‘chirma olish;
  • Turli bo‘linmalarda ochilgan va/yoki mijozning xolding tuzilmasidagi turli tashkilotlarga tegishli barcha hisobraqamlarini “yagona oyna”da boshqarish;
  • To‘lov topshiriqnomalarini shakllantirish va bankka yuborish;
  • Valutadagi mablag‘lar o‘tkazmalarini shakllantirish va bankka yuborish;
  • Valutani sotib olish/sotish/konversiya qilish bo‘yicha arizalarni shakllantirish va bankka yuborish;
  • Bank belgilagan andazadan foydalanish va fayllarni biriktirish imkoniyati mavjud erkin shakldagi hujjatlarni yuborish va bankdan olish;
  • Tashqi buxgalterlik dasturlaridan hujjatlarni import qilish hamda ularga ko‘chirmalarni eksport qilish;
  • To‘lovlarni yaratish paytida kontragentlar ma’lumotnomasini shakllantirish: ko‘chirmadan, tashqi fayldan import qilish yo‘li bilan, hujjatni andaza bo‘yicha shakllantirish yo‘li bilan, avval bajarilgan hujjatlardan nusxa olish amaliyoti yordamida;
  • Barcha hujjatlarni “ikki qo‘l qoidasi” bo‘yicha elektron imzolar bilan tasdiqlash, uchinchi “nazoratchi” imzoni (bosh tashkilot, nazoratchi organ) joriy qilish imkoniyati bilan;
  • Hisobraqamlaridagi harakatlar, hisobraqamidagi mablag‘lar qoldig‘i, hujjat holati, bankdan hujjatlar kelishi haqida e-pochta orqali xabarnomalar kelishini sozlash va olish;
  • Hisobraqamidan foydalanish uchun shaxsiy kompyuterni ishlatish.
 

[1] - Ishni boshlash uchun ish joyiga sertifikatlar, xavfsizlik komponenti va elektron kalitning rideri drayverlarini o‘z ichiga oluvchi installyatsiya paketini o‘rnatish kifoya

Texnologik Platforma 1

Platforma 1Bankning turli axborot tizimlari uchun yuqori tranzaksiyaviy og‘irliklar, minglab foydalanuvchilar, millionlab hujjatlar va hisobraqamlari bilan ishlashga qodir sanoatlashgan platforma.
 
Platforma 1 MTM kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan, yangi avlod instrumental platformasidir.
 

Me’moriy-texnologik afzalliklar

Parametrlash imkoniyatlari

Tizim yadrosi shu tariqa loyihalashtirilganki, bank funksionalining sozlanishi administratsiyalash vositalari yordamida amalga oshiriladi. Bank mutaxassislari biznes ehtiyojlariga qarab foydalanuvchi interfeysi, hujjat aylanishining texnologik zanjirlari, amaliy algoritmlar va foydalanish parametrlari kabi tizimning parametrlarini tezkor ravishda konfiguratsiya qilish orqali “dasturlash” imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
 
Tashqi tarkibiy qismlar bilan integrallashuv
 
Tizimning negiz qismida turli tashqi dasturlar, protsessinglar va axborot tizimlari bilan integrallashuv imkoniyatini ta’minlovchi ma’lumotlarni turli formatlarda eksport/import qilish universal shluzi amalga oshirilgan.
 
Ma’lumotlarning markazlashgan modeli
 
MTM-Bankdagi axborotni saqlash tizimi asosida yagona ma’lumotlar bazasi mavjud bo‘lib, shu tufayli ma’lumotlarni saqlash darajasida to‘liq integratsiya ta’minlanadi. Yagona saqlash maydonidan foydalanish hisobiga tizim, har qanday amaliyotlarni bajarish vaqtida, unda to‘plangan barcha ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
 
Modulli tuzilish
 
Instrumental platformaning imkoniyatlari har biri muayyan vazifalar doirasini (mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi asosiy bank amaliyotlari, tahliliy hisob va hisobot, bankni strategik boshqarish va h.k.) yechishga qaratilgan tarkibiy qismlar modulligi tamoyili bo‘yicha tizimni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan birga, texnologiya asosiy ma’lumotlarning markazlashgan ravishda saqlanishini va bankdagi turli axborot tizimlarining “ixtilofsiz” ishini ta’minlaydi. Modulli tamoyil har qanday ko‘lam va faoliyat turidagi bank biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun yechim arxitekturasi o‘zgarishiga ruxsat beradi.
 
Tizimda funksional modullarning ishlatilishi bankka faqatgina joriy vaqtda kerakli bo‘lgan modullardan foydalanish imkonini beradi. Funksional modullarga bo‘linish bankning asosiy mahsulotlar qatori bilan yaqin bog‘liqlikdadir. Bajarilayotgan amaliyotlar ko‘lami kengaygan sari quvvatni bosqichma-bosqich oshirish imkoniyati yangi modullarni ulash hisobiga ta’minlanadi.
 
Кo‘lamlashtirilish
 
Yechim deyarli cheklanmagan ko‘lamlashtirilishni ta’minlaydi. Bu chakana biznesni faol rivojlantirishni rejalashtirayotgan banklar uchun alohida dolzarblikka ega, chunki axborot bank tizimi imkoniyatlaridan, bo‘linmalar tarmog‘i ko‘lami va amaliyotlar hajmidan qat’i nazar, cheklanmalarni olib tashlaydi.
 

Xavfsizlik tizimini tashkillashtirish

Ma’lumotlar mantiqiy butunligini ta’minlash
 
Ma’lumotlar butunligi Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) mexanizmlari bilan kafolatlanadi. Bank axborotining ixtilofsizligi shu bilan ta’minlanadiki, tizimdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan amaliyotlar bilan mumkin, MBBT jadvallariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish foydalanuvchilar uchun ta’qiqlangan.
 
Foydalanuvchilar ishi rejimini boshqarish
 
Foydalanuvchilar ishi rejimi hamda kalitso‘zlarni shakllantirish va almashtirish qoidalari Oracle MBBTning qismi bo‘lgan tizim utilitasi tomonidan belgilanadi.
 
Foydalanuvchining axborotdan foydalanish huquqlarini aniqlash
 
Foydalanishni nazorat qilish tizimi bo‘yicha Platforma 1 negizidagi yechimlar Oracle MBBT foydalanishni nazorat qilish tizimi ustidagi ustqurmadir. U quyidagi tamoyillardan kelib chiqan holda qurilgandir:
  1. Foydalanuvchilar tizim axborot manbalaridan foydalanishini nazorat qilishda qayishqoqlik va detallashtirish zaruriy darajasini ta’minlash. Ushbu maqsadda bank biznesining har qanday unsuri (amaliyot, hisobot, ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun jadval va h.k.) o‘z identifikatoriga ega va foydalanuvchiga xos ravishda tayinlanishi mumkin. Agar foydalanuvchilar guruhiga bir xil huquqlar kerak bo‘lsa, ular bir funksional guruhga kiritiladilar;
  2. Foydalanuvchi kirish nazorati tizimini “aylanib o‘tish” hisobiga Platforma 1ning axborot manbalaridan foydalana olmasligi uchun kirish tizimini server tarafida amalga oshirish, Platforma 1dagi mijozlar o‘rnidan farq qiluvchi Oracle MBBT bilan ishlash uchun dasturiy ta’minotni qo‘llash.
 
Ma’lumotlarning tizimda o‘zgartirilishi jurnallari
 
Foydalanuvchilarning tizimdagi harakatlari auditi quyidagi jurnallar vositasida amalga oshiriladi:
  1. Amaliyotlarni bajarish jurnali. Ma’lumotlarga o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha har qanday harakat, agar bank modelining administratori uni jurnallashtirishga talabgor deb belgilagan bo‘lsa, jurnalda aks ettirilishi mumkin;
  2. Foydalanuvchilar huquqlarini taqsimlash;
  3. Rekvizitlar qiymatlarini o‘zgartirish. Bank tizimi rekvizitlarining har qaysisi jurnallashtirilayotgan deb belgilanishi mumkin. Bu holatda ushbu rekvizit qiymatlari o‘zgartirilishining butun tarixi saqlanadi;
  4. Obyektlar holatining almashuvi tarixi, birinchi navbatda to‘lov hujjatlariga oid. Jurnallar avtomat ravishda tegishli tizim funksiyalari bilan to‘ldiriladilar. Harakatlari jurnallashtirilayotgan foydalanuvchilar qaydlarni jurnallardan o‘chira olmaydilar. Barcha jurnallar jurnallashtirish belgisi(yoki darajasi)ga ega.
 
Axborotni himoyalash uchun maxsus vositalardan foydalanish
 
  1. Ma’lumotlar uzatishning hammabop kanallari bo‘yicha uzatiladigan axborotlarning kriptografiyaviy himoyasi. ERI yordamida bankning ichki hujjatlarini himoyalash imkoniyati (EHA – elektron hujjatlar aylanishi tizimi).
  2. Mijozning identifikatsiyalash kartalaridan foydalanish.
  3. Muayyan bankning ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda, himoyalangan hujjatlar aylanishini qurish bo‘yicha qayishqoq yondashuv, xususiy yechimlar va tavsiyalar imkoniyati.
 
Elektron raqamli imzo
 
Elektron raqamli imzo (ERI) vositalarini qo‘llash uchun Platforma 1da elektron hujjat aylanishini (EHA) nazorat qilish Tizimi yaratilgan. EHA Tizimi kirish huquqini beruvchi Administrator hamda amaliy model Administratori tomonlaridan bo‘lgan suiste’mol tahdidining bartaraf qilinishini ta’minlovchi moliyaviy axborotni himoyalashning ikkinchi konturidan iborat.
 
Platforma 1da EHA Tizimi hujjatlarning hayot davri – ishlov jarayonida hujjat holatidagi o‘zgarishlar, bosqichlari bo‘ylab hujjatlar o‘tishining sharoitlarini tavsiflovchi EHA Reglamenti asosida ishlaydi. Faqat hujjat aylanishi ishtirokchilarining zaruriy va yetarli miqdordagi ishonchli ERIlari mavjud bo‘lsagina hujjat har bir navbatdagi holatga o‘tadi.
 
Hujjatlar bilan ishlashda EHA tizimi hujjat mazmuni va foydalanuvchining maxfiy kaliti asosida foydalanuvchining (operatorning / nazoratchining / hisobchining) ERIsini shakllantiradi. ERI nafaqat hujjat muallifligini aniqlash, balki Tizimda muayyan harakatlarni bajarish: hujjatni yaratish, nazorat, hujjatni o‘tkazish, bo‘yicha foydalanuvchi huquqining tasdiqlanishini kafolatlaydi.